
Van Gal: Gvardiola “Manchester Siti”ni mashinaga aylantira oldi
“Manchester Yunayted” klubi sobiq ustozi Lui van Gal “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mening fikrimcha Xosep Gvardiola ayni damda premer-liganing eng kuchli murabbiyi. U “Manchester Siti”ni mashinaga aylantira oldi. U huddi men “Manchester Yunayted”da ko‘rsatishni rejalashtirgan futbolni namoyish etmoqda. Chunki, uning o‘yinchilari kuchliroq. MYuda bu jarayonga ko‘proq vaqt talab etiladi. Afsuski, menga bu imkoniyatni berishmadi”, - deydi van Gal.
Fikrlar