Varan: Yaxshi mavsum o‘tkazish uchun ko‘p ter to‘kish kerak
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan kecha "Rayo Valekano"ga (1:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Real”da barcha masalani birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal qilish imkoniyati bor edi, ammo biz bundan foydalana olmadik. Shunga qaramay 3 ochko qo‘lga kiritish uchun munosib harakat qildik. Endi, yaxshi mavsum o‘tkazishimiz uchun ko‘p ter to‘kishimiz kerak”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida “Barselona” va “Atletiko”dan so‘ng uchinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar