Varan bir mavsumning o‘zida ham Chempionlar ligasida, ham jahon chempionatida zafar quchgan 4-futbolchi bo‘ldi

  • 15 iyul, 2018, 23:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Barchamizga ma’lum bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati shundaki, frantsiyaliklar tarkibida harakat qilgan himoyachi Rafael Varan bir mavsumning o‘zida ham Chempionlar ligasida, ham jahon chempionatida g‘alaba qozongan tarixdagi 4-futbolchi bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, Varan bu mavsumn “Real” bilan birga EChLda ham g‘olib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, Varandan oldin ushbu nomga Kristian Karambe, Roberto Karlos va Sami Xedira kabi futbolchilar sazovor bo‘lishgan. Qizig‘i ularning barchasi “Real” futbolchilari bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!