
Vaziyat jiddiy! Isko qishda "Real"ni tark etishi mumkin
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi jamoadoshlari bilan o‘zaro suxbati davomida yanvarda "Real"dan ketishni va "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.
Ilgariroq Isko va "qirollik klubi" bosh murabbiyi Santyago Solari o‘rtasidagi aloqalar yaxshi emasligi aytilgan edi. "Eybar"ga qarshi o‘yindan so‘ng ispaniyalik futbolchi ustozi uzatgan qo‘lga javob qaytarmagan edi. Shundan so‘ng Isko "Roma"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritmagan edi.
"Shaharliklar" o‘tgan mavsumda Iskoga qiziqish bildirishgan edi.
Fikrlar