Venger faoliyatini yakunlamoqchi emas

  • 16 noyabr, 2018, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger faoliyatini yakunlamoqchi emas va murabbiylikni davom ettirish istagi borligini ma’lum qilgan.

Men hali faoliyatimni yakunlaganim yo‘q, – deydi Venger. – Odamlar qarigan vaqtingizda har doim sizni nafaqaga chiqarishni istashadi, ammo faoliyatni davom ettirish istagim bor. Mendagi ustunliklardan biri bu 35 yillik tajribadir. Bu imkoniyatni boshqalarga ulashishni istayman. Agar shunday qilmas ekansiz, hayotda yashash befoyda. Siz boshqalarga nimadir bermasdan bu dunyoni tark etmasligingiz kerak.

Venger “Arsenal”ni 1996-2018 yillarda boshqargan. Uning qo‘l ostida “to‘pchilar” 3 marta Angliya chempioni, 7 marta mamlakat kubogi va 7 marta Superkubok sohibiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!