
Verner uchun kurashga yana bir grand klub qo‘shildi
Germaniyaning RB Leyptsig klubi forvardi Timo Verner uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi.
Abendzeitung nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli germaniyalik futbolchiga “Liverpul” qiziqib qolgan. Mersisaydliklar bu borada nemis klubi rahbariyati bilan aloqaga chiqishga ham ulgurishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vernerga "Bavariya" va"Atletiko" ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning o‘zi esa myunxenliklar safiga o‘tish istagida ekanligiga sha’ma qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum “Leyptsig” safida 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer bahosi 65 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar