"Vest Xem" asosiy hujumchisini xitoyliklarga sotishni xohlamadi

  • 10.01.2019 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Vest Xem" klubi o‘zining asosiy hujumchisi Marko Arnautovichni Xitoy klubiga qo‘yib yubormadi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 29 yoshli avstriyalik futbolchi uchun “bolg‘achilar”ga naqd 39 million evro taklif qilishgan. Ammo, klub rahbariyati mavsum o‘rtasida asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishni xohlamagan.

Ma’lumot uchun, Arnautovich joriy mavsum premer-ligada jami 15ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!