
"Vest Xem" etakchisi Ahmedovning jamoadoshiga aylanadimi?
29 yoshli futbolchining xizmatlariga Xitoyning "Shanxay SIPG" hamda "Guanchjou Evergrand" klublari qiziqish bildirishgan edi. Biroq ular "bolg‘achilar" talab etgan 50 mln funtni to‘lay olishmaydi, deb yozmoqda Sky Sports.
Arnautovichning "Vest Xem" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan va klub uni sotishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Marko joriy yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida 16 bahsda maydonga tushdi va 7 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar