
"Vest Xem" yozda "Manchester Siti"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Bakari Sanya yozda “Vest Xem” a’zosiga aylanishi mumkin.
Thesun.co nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra “bolg‘achilar” bosh murabbiyi Slaven Bilich 34 yoshli frantsiyalik futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Sanyaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
O‘z navbatida “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “qariya” futbolchini jamoada olib qolishni istamayapti va shu sababli hamjamoa rahbariyati ham Sanyaga yangi shartnoma taklif qilmagan.
Fikrlar