
Veynaldum va Xenderson qachon safga qaytadi?
"Xenderson ham, Veynaldum ham "Vest Xem"ga qarshi o‘ynashlari kerak edi, ammo safga qayta olishmadi. Afsuski, ularning qachon safga qaytishini bilmayman.
Jarohatlar - futboldagi oddatiy jarayonlardan biri. Mavsum uzoq va bu tabiiy jarayon. Futbolchilarning barchasi sog‘ bo‘lsa esa murabbiy tarkib tanlash borasida etarlicha bosh qotiradi", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "qizillar" kelgusi turda "Bornmut"ga qarshi to‘p surishadi. Mazkur bellashuv 9 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar