
Villian: Mourino agentim bilan MYuga transferim haqida suhbatlashgan
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Villian bir kun kelib "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘l ostida ishlashni xohlayotganini aytib o‘tdi.
- Faoliyatim davomida ko‘rgan murabbiylarimdan eng zo‘ri Mourinodir. Jamoada ajoyib munosabatlarda edik. Bugungi kunga kelib ham biz u bilan do‘stona aloqalardamiz.
Ba’zan ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turamiz. Joze rostan ham yuqori darajadagi murabbiy va uning qo‘l ostida to‘p tepish men uchun baxt edi. Umid qilamanki, bir kun kelib yana u bilan birga ishlayman.
"Yunayted"ga o‘tishim haqida so‘rasangiz, rasmiy taklif yuborilgani haqida xabarim yo‘q, biroq qanday muzokaralar o‘rtamizda bor edi.
Aytib o‘tishim joizki, Mourino agentimga mening transferimni amalga oshirish borasida bir necha bor aytib o‘tgan. Ammo men "Chelsi"da bo‘lganimdan mamnunman.
Menga ham, oilamga ham Londonda istiqomat qilish yoqadi, - deya Villianning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN nashri.
Fikrlar