
Vitaliya Dyachenko muxlislarini hafa qildi
Rossiyalik tennischi Vitaliya Dyachenko Moskva shahrida o‘tayotgan "VTB Kreml kubogi"ning ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
Vitaliya ushbu bosqichda avstraliyalik Darya Gavrilovaga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:7, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Gavrilova musobaqaning ikkinchi davrasida britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar