
Vitsel “Tyantszin Tsyuantszyan” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
Avvalroq Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Sky Sport va The Guardian nashrlarida faoliyat olib boruvchi jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha Vitsel faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettiradi. Italiyalik jurnalistning so‘zlariga ko‘ra Belgiya terma jamoasi futbolchisi Chin yurtining “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, ayni damda bu jamoani italiyalik mashxur futbolchi Fabio Kannavaro boshqarmoqda.
Fikrlar