Vladimir Klichko “Old Trafford”ga tashrif buyurdi
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko (64-4, 54 KO) Angliya chempionati 15-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish uchun “Old Trafford”ga tashrif buyurdi.
Uning “tumanli albion”ga tashrifidan ko‘zlangan maqsad super og‘ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari sohibi britaniyalik Entoni Joshua (18-0, 18 KO) bilan bo‘lajak jang borasida kelishuvga erishish edi.
Hozircha mazkur jang 2017 yil 29 aprelida Londondagi “Uembli” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Fikrlar