Vladimir Klichko WBC faxriy chempioniga aylandi
Afsonaviy ukrainalik bokschi Vladimir Klichko rasman WBC faxriy chempioni kamari bilan taqdirlandi.
Vladimir hech qachon o‘z kollektsiyasi yashil kamar bilan to‘ldira olmagan, biroq Vitaliy uni qo‘lga kiritgan, chunki aka-uka Klichkolar hech qachon bir-biri bilan boks tushmaslikka so‘z berishgan. Dushanba kuni Kievdagi WBC kongress ochilish marosimida Vladimir WBC kamarini oldi va faxriy chempionga aylandi.

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) – uchta eng yirik professional boks tashkilotlaridan biri. WBC kongressi – nufuzli boks forumi bo‘lib, unda amaldagi sportchilar, murabbiylar, referilar, promouterlar, OAV vakillari qatnashadi. Ukraina ilk marta shunday yirik tadbirni qabul qilmoqda. Kongressga 160 davlatdan 700 ortiq qatnashchi tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu 56-xalqaro kongressda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bosh direktori, tajribali, xalqaro toifadagi hakam Nabijon Ismanov ishtirok etmoqda.



Fikrlar