
Vladimir Putin qaysi futbolchini yoqtirishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qaysi futbolchini yoqtirishi haqidagi savolga javob qaytardi, deb yozadi “Chempionat” nashri.
“Men etuk deb hisoblaydigan futbolchilar bor. Rossiyalik va sobiq ittifoq futbolchilari orasida bu – Lev Yashin. Chet elliklar orasida – Pele. Maradona ham menga yoqadi”, – deya javob qaytardi Rossiya prezidenti.
Ma’lumot uchun, Rossiyadagi JCh–2018 turniri 14 iyundan 15 iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Ekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar