“Manchester Siti”: Ketgan yulduz o‘rnini Husanov bosa oladi!

  • 7 iyul, 07:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ketma-ket to‘rt yil davom etgan chempionlikdan keyin “Mancheste Siti” o‘tgan mavsumni birorta sovrinsiz yakunladi. Xosep Gvardiola mavsumning birinchi yarmida yuz bergan inqirozdan keyin ancha “keksayib” qolgan tarkibni yangilash kerakligini tushunib etdi.

Tecno

Bu yo‘lda “shaharliklar” sekin-asta yoshi o‘tgan mashhur o‘yinchilarni qo‘yib yuborib, ularning o‘rnini iste’dodli yoshlar bilan to‘ldirmoqda. Tabiiyki, avlodlar almashinuvi oson kechayotgani yo‘q.

O‘tgan mavsumning qizg‘in pallasi – qishki transferlar davrida Xosep Gvardiola ishongan futbolchisi Kayl Uokerni kutilmaganda “Milan”ga ijaraga qo‘yib yubordi. Bu keyinchalik tarkibda ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk sayti jamoaning sobiq sardori Kayl Uokerning jamoani tark etib,  “Byornli”ga o‘tishi fonida “shaharliklar”ning himoya qizig‘idagi muammolarni tahlil qildi.

 - 35 yoshli himoyachi Kayl Uokerning “Byornli” o‘tishi “shaharliklar”ga bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 5 million funt sterling miqdorida mablag‘ keltirishi mumkin. Asosiysi klubning maosh uchun belgilangan xarajatlari qisqaradi.

Premer-liganing olti karra chempioni bo‘lgan himoyachi o‘tgan mavsum asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotganidan keyin, yanvarda “Milan”ga ijaraga jo‘natilgan edi. O‘shandayoq bosh murabbiy Xosep Gvardiola bu o‘yinchini 2025-2026 yilgi mavsum rejalaridan chiqarib tashlagan edi.

2017 yili “Tottenxem”dan kelgan Uoker Gvardiola jamoasining sovrinlarga boy o‘tgan davri timsollaridan biriga aylangan. U uzoq yillar davomida nafaqat Angliyada, balki butun Evropala eng muhim o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etib kelingan edi.

Shunga qaramay, angliyalik futbolchining “Manchester Siti”dagi vaqti tugadi. “Siti” bu yoz Kevin de Bryuyneni ham erkin agent sifatida qo‘yib yubordi. Yangi sport direktori etib tayinlangan Ugo Viana yangi shartnoma tuzishda nomdor o‘yinchilarga hech qanday imtiyoz bermayapti.

Chiki Begiristaynning o‘rnini egallagan Vianaga qarib borayotgan va jarohatlarga moyil bo‘lib qolgan tarkibni tubdan yangilash vazifasi yuklatilgan. Bu mutaxassis yozda Rayan Ayt-Nuri, Tijani Reynders, Markus Bettinelli va Rayan Sharki transferlarini amalga oshirib bo‘ldi.

FIFA tomonidan o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yangilanayotgan jamoa sinovdan o‘tkazilgan ilk musobaqa bo‘ldi. Unda “Manchester Siti” 1/8 finalning qo‘shimcha taymlarida “Al-Hilol” tomonidan to‘xtatildi – 3:4. Shunda ham himoyadagi zaif o‘yin jamoaning hamon nozik nuqtasi ekani ko‘rinib qoldi.

Ayniqsa, himoya markazini yangilash talab etiladi. Yozgi transfer bozori yopiladigan sana – 1 sentyabrgacha klubni yana bir nomdor himoyachi tark etishi kutilyapti. Bunda Jon Stounz shartnoma bo‘yicha oxirgi yilini o‘tkazayotganini,  o‘tgan mavsumni bo‘sh o‘tkazgan Natan Ake va Manuel Akanjini sotib yuborish rejasi ishlanayotganini inobatga olish mumkin.

Gvardiola bir necha sababga ko‘ra,  jamoaga Ayt-Nuri kelganidan mamnun bo‘lishi kerak. Birinchidan, bu Yoshko Gvardiol endi chap qanotni yangi o‘yinchiga to‘liq bo‘shatishidan dalolat beradi. Ikkinchidan, chap qanot doim muammoli pozitsiya bo‘lib kelgan. “Manchester Siti” pu pozitsiyani kuchaytirishga bir necha yildan beri ehtiyoj sezayotgan edi.

Klub bu nuqtani yopish uchun asosan Yoshko Gvardiol, ba’zi hollarda Riko Liyus va Natan Ake xizmatidan foydalanib keldi. Gvardiola o‘z odatiga ko‘ra, ixcham tarkib bilan ishlashni xush ko‘radi, unda o‘yinchilar bir necha pozitsiyani yopa olishi muhim ahamiyatga ega.

Mahoratli himoyachilarning yo‘qligi “Siti”ga katta muammolar tug‘dirdi. Bu masala Uoker yanvarda “Milan” ijaraga ketganida yanada chuqurlashdi. Jamoada birorta tajribali o‘ng qanot himoyachisi yo‘q edi.  Xosep Gvardiola o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmi uning murabbiylik faoliyatida eng qiyin davr bo‘lganini tan oldi.

“Manchester Siti” Premer-ligada yana chempionlik yo‘liga qaytishni va Evropa Chempionlar ligasida uzoqroqqa borishni istasa, tarkibni kuchaytirish yo‘lidagi xarajatlardan qochmasligi kerak.

Kayl Uoker yuqori sport formasidan uzoq edi, Mateush nunes oxirgi to‘qqiz oyda o‘ng qanot himoyasida o‘ynab, ancha o‘sishga erishli. Biroq klubga profili o‘ng qanot himoyachi bo‘lgan futbolchi zarur.

“Manchester Siti” yanvardan beri transferlarga qariyb 300 million funt sterling sarflab, sakkio‘ nafar yangi o‘yinchi oldi. Biroq klub bu bilan to‘xtamaydi. Agar “Nyukasl” o‘ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoni qo‘lga kiritish imkoni topilmasa, “shaharliklar” kelajakda tarkibni mustahkamlash uchun boshqa variantlar qidirishiga to‘g‘ri keladi.  

Mateush Nunes yangi mavsumda ham jamoada qoladigan bo‘ldi. Lekin asli markaziy yarim himoyachi bo‘lgan Nunesh yoki hali ancha yosh bo‘lgan Riko Lyuis butun mavsum davomida o‘ng qanotni yopish vazifasini uddalay olmaydi.

Ta’kidlash joizki, asli markaziy himoyachi bo‘lgan Abduqodir Husanov ham o‘ng qanotda samarali o‘ynay oladi. O‘zbek legioneri yanvarda “Lans”dan kelganidan keyin bir necha uchrashuvlarda bu pozitsiyada munosib o‘yin ko‘rsatib, yuklatilgan vazifani yaxshi uddalagan edi.

Biroq “Manchester Siti” yangi mavsumda barcha turnirlarda bosh sovrin uchun kurashadigan bo‘lsa, mavjud muammolarga vaqtincha echim topishi emas, balki to‘liq hal qilishi lozim, - deb yozdi cityxtra.co.uk sayti eksperti Vayam Laxoti.

Premer-liga murabbiyi futbolni o‘zbeklardan o‘rganmoqchi!

 

Shomurodov transferida xavotirli holat yuzaga keldi

Mashhur futbolchi Husanovga yordam beradigan bo‘ldi

Fanatlar bosimi boshlandi: Gvardiola, Husanovni o‘ynatasanmi?

Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!

Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!