WTA reytingida yangi etakchi paydo bo‘ladi!
WTA reytingida etakchilik qilayotgan germaniyalik raketka ustasi Anjelika Kerber mazkur reytingda 15-o‘rinda borayotgan Garbine Mugurusaga imkoniyatni boy berib, turnirdagi yurishini yakunlagani haqida xabar bergan edik.
Uimbldon. Jahonning birinchi raketkasi turnirni tark etdi
Shu tariqa, nemis tennischisi WTA reytingida etakchilikni boy berishi aniq bo‘ldi. Endilikda ushbu o‘rin uchun ruminiyalik Simona Xalep da’vogarlik qilmoqda. Xalep mazkur turnir chorak finaliga chiqdi vga yarim finalga o‘ta olsa, aynan Xalep jahonning birinchi raketkasi bo‘ladi.
Aks xolda, chexiyalik Karolina Plishkova shunday nomga sazovor bo‘ladi. Ma’lumot uchun, keyingi reyting jadvali 17 iyul sanasida rasman e’lon qilinadi.

Fikrlar