
XChK. “Barselona” qiyin kechgan o‘yinda MYudan ustun keldi
Bundan biroz oldin AQShning Merilend shahridagi “Fedeks Fild” stadionida Xalqaro Chempionlar Kubogi(XChK) turniri doirasida “Barselona” xamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Unda kataloniyaliklar Neymar tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
“Barselona” mazkur turnirda hozirga qadar o‘tkazilgan ikki o‘yinda ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi. 3-turda endi ular Madridning “Real” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 30 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Xalqaro Chempionlar Kubogi
Barselona (Ispaniya) – Manchester Yunayted (Angliya) 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Neymar.
Barselona – Sillessen, Umtiti (Vermalen, 46), Alba (Din, 46), Nelson Semedu (Aleish Vidal, 46), Buskets (Serdji Roberto, 46; Serdji Samper, 85), Rakitich (Denis Suares, 46), Maskerano (Pike, 46), Alenya (Inesta, 46), Neymar (Munir, 46), Messi (Turan, 46), Suares (Pako Alkaser, 46).
Manchester Yunayted – De Xea (Romero, 46), Smolling (Djons, 46), Lindelef (Bayi, 46), Blind (Darmian, 46), Valensiya (Tuanzebe, 84), Pogba,Kerrik (Fellayni, 46), Lingard (Marsyal, 62), Mxitaryan (Pereyra, 62), Reshford, Lukaku.
Ogohlantirish: Fellayni (83).
Fikrlar