
XOQ qishki Olimpiadaga Vatikanni taklif qilmoqda
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi yaqinlashi kelayotgan Olimpiadada turli yo‘nalishlarda tarixda qoladigan qarorlarni qabul qilmoqda. Shulardan biri Janubiy Koreya Olimpiadasiga tarixda ilk bor Vatikan delgatsiyasini taklif qilgani bo‘ldi.
Delegatsiya kelasi hafta XOQning navbatdagi yig‘ilishida rasman ishtirok etadi. Ma’lum qilinishicha, ushbu delegatsiyasi Olimpiadaning ochilish marosimida ham ishtirok etadi. Delegatsiyani ilgari besh kurash bo‘yicha Olimpiadada qatnashgan monsinor Melkor de Toka boshqarib boradi. Eslatib o‘tamiz, Olimpiada ochilishi 9 fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar