
Xabi Alonso "Arsenal"ga qarshi maydonga tusholmasligi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso ertaga bo‘lib o‘tadigan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvida “Arsenal”ga qarshi o‘ynay olmasligi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra 35 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida jarohat olgan. Uning jarohati qandayligi va qachon maydonga qaytishi mumkinligi haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, Alonso ushbu mavsum “Bavariya” safida Bundesligada 18ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar