Xabi Alonso: Gvardiola men bilan qiziqqan, ammo Bustkesni tanlab adashmagan

  • 17 aprel, 2017, 10:17
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

 

“Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Xabi Alonso 2009 yili “Liverpul”dan “Real Madrid” klubiga o‘tishdan avval “Barselona”da o‘ynashi mumkin bo‘lganini aytdi.

“Liverpul” rahbariyati va shaxsan Rafael Benites meni transferga qo‘yish istagi borligini aytgandi. O‘sha vaqtda “Barselona”ni boshqarib turgan Pep Gvardiola menga qiziqish bildirgan edi.

Benites esa u bilan gaplashib, menga yuqori baho bergan va “Barselona” o‘yin uslubiga moslashib keta olishimni aytgan. Biroq o‘sha vaqtda Buskets ham o‘zini ko‘rsata boshlagan edi. Uning kelajagi porloq ekani ko‘rinib turgandi. Gvardiola oxir oqibat Busketsni tanladi va adashmadi”,  – dedi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!