Xabib Nurmagomedov 1 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Moskvadagi matbuot anjumanida quvvat beruvchi ichimlik Gorilla brendi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Kelishuv narxi 1 mln dollar.

26 noyabr kuni Moskvada sportchining Konor Makgregor ustidan qozonilgan 6 oktyabrdagi g‘alabasidan so‘ng Rossiyada ilk marta matbuot anjumani o‘tkazildi. Xabib bunda jurnalistlarning sportchilik faoliyati va shaxsiy hayotiga oid turli savollarga javob bergan.

Ushbu konferentsiyasida shuningdek, sportchining quvvat beruvchi ichimlik Gorilla brendi bilan tuzilgan uch yillik kelishuv imzolandi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, sportchi 1 mln dollar oladi. Xabibdan tashqari homiylik kelishuvlariga Nurmagomedov jamoasining boshqa a’zolari ham qo‘l qo‘yishdi. Nurmagomedov otasi shug‘ullantirayotgan 12 sportchi “Gorilla Energy Fight team” brendi tashkil qiladigan turli maxsus musobaqalarda ishtirok etadi.

Kompaniya shuningdek, hududlardagi sport maktablarning ta’mirlash ishlariga moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z zimmasiga olgan.

Avvalroq Xabibning menejeri Ali Abel-Aziz Nurmagomedovning Meyvezer bilan to‘qnashuvi 2019 yilda bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Hozirda rossiyalik sportchining UFC bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra, bitta jang qolgan. Biroq barchasi Nevada shtati atletik komissiyasi chiqaradigan qarordan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!