Xabib Nurmagomedov: O‘zbekiston eng kuchli bokschilarga ega
Bugun Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida O‘zbekiston jui-jittsu federatsiyasi tashabbusi bilan qoidasiz janglarda (MMA) mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xabib Nurmagomedov va bir qator taniqli MMA jangchilari Zubayra Tuxugov, Islam Maxachev, Islam Mamedov, Abubakar Nurmagomedov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida ushbu MMA jangchilari muxlislar qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Savollarning asosiy qismi engilmas jangchi Xabib Nurmagomedovga berilgan bo‘lsa, anjumanning eng esda qolarni qismi Xabib Nurmagomedov Zubayra Tuxugovni o‘zbekistonlik muxlisasini kuttirmasdan raqsga tushish kerakligini aytib o‘tgani bo‘ldi.
- Meni savolim Zubayra Tuxugovga. Bilamiz siz qoyilmaqom tarzda raqsga tushishni uddalaysiz. Ijtimoiy tarmoqlarda raqsga tushayotganingiz aks video paydo bylgan edi. Ushbu raqsni davomini qachon ko‘rishimiz mumkin?
Xabib Nurmagomedov: Hozir ko‘rasizlarda. Zubayra, o‘rningdan tur endi. Shu qiz bilan raqsga tushib beringlar.
Zubayra Tuxugov: O‘zingiz bilan musiqa olib kelganmisiz?

Shuningdek, muxlislardan biri ushbu jangchilarni o‘zi ishlaydigan restoranga taklif qildi.
- Assalom alaykum. O‘zbekistonga xush kelibsizlar. Sizlarni bu erda ko‘rib turganimdan o‘zimda yo‘q xursandman. Tashrifingiz uchun kattakon rahmat. Sizlarni o‘zim ishlaydigan restoranga taklif qilaman. O‘zbekistonga tashrifingiz davomida mehmonimiz bo‘lsangiz boshimiz ko‘kka etardi.
Xabib Nurmagomedov: Taklifingiz uchun minnatdorman. Siz ofitsiantmisiz yoki bosh oshpazmisiz?
- Bosh oshpaz yordamchisi?
Xabib Nurmagomedov: Qanday taomlar tayyorlaysizlar?
- Italyancha taomlar tayyorlaymiz?
Xabib Nurmagomedov: Nima uchun O‘zbekistonga kelib, italiyaliklarni taomini tanavvul qilishimiz kerak? Bizga o‘zbek milliy taomi – palov pishirib bera olasizmi?
-Ha, albatta. Sizlar uchun albatta tayyorlab beramiz.
Xabib Nurmagomedov: Unday bo‘lsa tashrif buyurishimiz mumkin. Agar kundalik rejalarimizdan ortib vaqt topsak albatta tashrif buyuramiz.
- Assalom alaykum. Savolim Xabib Nurmagamedovga. Kelajakda Xabib Nurmagomedov bokschiga aylanishi mumkinmi?
Xabib Nurmagomedov: Biz bilamiz O‘zbekiston eng kuchli bokschilarga ega. Bokschilaringiz so‘nggi Olimpiya o‘yinlarida eng yuksak natijani qayd etishdi. Savolga javob beradigan bo‘lsam, albatta boks sport turi bilan ham shug‘ullanib turamiz. Biroq boks bilan qoidasiz janglarni juda katta farqi bor. Agar o‘z vaznim toifasida O‘zbekiston chempioni bilan ringga chiqsam ham bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishim tabiiy hol.

SPORTS.uz Axborot Portali birozdan so‘ng qiziqarli va kulguga boy o‘tgan ushbu matbuot-anjumanidan video va fotolavhalarni taqdim etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!

Fikrlar