Xabib Nurmagomedov keyingi jangini noyabr oyida o‘tkazadi
Menejeri Ali Abdul-Aziz so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov shu yilning noyabr oyida “Medison-skver-garden”da o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Nurmagomedov 2018 yil 6 oktyabr kuni UFC 229 turnirida Konor Makgregor bilan bo‘lgan jangdan so‘ng tashkil etgan janjal uchun 9 oyga diskvalifikatsiya qilingan edi. O‘shanda rossiyalik va irlandiyalik jangchi jamoalari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Xabib jamoasi a’zolari Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov bir yillik diskvalifikatsiya va 25 000 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.
– Nurmagomedov Nevada shtati atletik komissiyasi jamoadoshlarini diskvalifikatsiya qilgani uchun ortiq ushbu erda jang qilmaydi. Shuningdek, Xabib ularning diskvalifikatsiyalari tugagunga qadar ham jang qilmaydi va noyabr oyida “Medison-skver-garden”da ringga chiqishni rejalashtirgan, – deya Abdul-Azizning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ariel Xelvani o‘zining tvitter sahifasida.
Fikrlar