Xabib Nurmagomedovni mag‘lub etgan sportchi vafot etdi
Mazkur sportchi Ozarbayjonda hayotdan ko‘z yumdi. Mamedov bir vaqtlar faoliyatida engil vaznda amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni mag‘lub etgani bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan. Sportchining yaqinlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mamedovning o‘limiga pnevmoniya (zotiljam) kasalligini orttirib olganligi sabab bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Xamis bundan bir necha kun ilgari issiq sauna qabul qilgan va keyin birdaniga sovuqqa chiqqan. Aynan shu sabab sportsmen shamollagan va bu pnevmoniyaga aylangan. 34 yoshli jangchi 24 yanvar kuni zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar unga yordam bera olmagan. Bir necha kundan keyin sportschi vafot etgan.
Mamedovning yaqinlari so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar jahon chempionining o‘limi oldidan kechasi unga etarlicha e’tibor bermagan.
Fikrlar