Xabibning menejeri: Xabib Konor bilan jang qilishni xohlamaydi

CHERY AUTO

Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdelaziz jangchi qimga qarshi o‘z kamarini himoya qilishi kerakligini aytib o‘tdi.

- Biz Jorj Sen-Perga qarshi uchrashuv tashkil etishni xohlaymiz. Xabib ushbu jang shou emas, chempionlik kamari uchun kurash bo‘lishini istaydi. Xozirda, Konor bunday bellashuvda ishtirok etish uchun noloyiqdir. Chunki u ikki yildan buyon tanaffusda. Shu sababdan, nima uchun Konorga chempionlik kamari uchun jang qilishga ruhsat berish kerak?

Shuni aytish lozimki, Xabib Konorga qarshi chiqishni xohlayotganini faqat bir sababi bor. U Bruklinda avtobusga xujum qilgani uchun MakGregogordan o‘ch olishni xohlaydi. UFC ushbu bellashuv uchun Konor bilanmas, Sen-Per bilan muzokaralar olib borish kerak, - deya Abdelazizning so‘zlaridan iqtibos keltiradi mmafighting.com nashri.

Ma’lumot uchun, Xabib kuzda chempionlik kamarini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!