Xames “Real”da qoladigan bo‘ldi
“Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges madridltklarni tark etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchi “Sevilya”ga qarshi (3:0) bo‘lib o‘tgan Ispaniya Kubogi nimchorak final ilk o‘yinidan keyin aytdi.
“Jamoada barcha futbolchilar etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi. Men uchun omadsiz davrlar bo‘ldi. Lekin yangi yil boshlandi. Men “Real”da qolaman”, – deydi kolumbiyalik futbolchi.
Qayd etish kerak, Xames “Sevilya”ga qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi va jamoasining yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Avvalroq kolumbiyalik futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun klubni tark etishi mumkinligi haqida aytib o‘tgandi. Uning xizmatlariga “Yuventus” va “Chelsi” qiziqish bildirgandi.
Joriy mavsumda Xames Ispaniya chempionatida 8 o‘yinda 1 ta gol urib, 2 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar