Xavi qaysi murabbiylarga havas qilishini aytdi
"Barselona" klubi afsonasi, ayni damda esa Qatarning "Al-Sadd" klubida to‘p surayotgan Xavi kelajakda qaysi murabbiyga o‘xshash niyati borligini aytdi.
“Xosep Gvardiola – ajoyib murabbiy. Men uni judayam hurmat qilaman, u mening faoliyatimda katta ahamiyat kasb etadi. Mening o‘yin falsafam unikiga juda o‘xshab ketadi. Men jamoam to‘pni o‘z nazoratida ushlab turishi xohlayman. Shuningdek, men ayni damda “Chelsi”da faoliyat olib borayotgan Sarridan ko‘p narsani o‘rganaman. Bundan tashqari Anchelotti va Kontening imkoniyatlarini ham yuqori baholayman”, - deydi Xavi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili UEFAning murabbiylik kurslarini tamomlagan 39 yoshli futbolchi bu mavsum butsalarini mixga ilishi va kelajakda murabbiylik faoliyatini boshlashi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar