
Xaynkes boshqaruvidagi “Bavariya”dan navbatdagi g‘alaba
Bugun Germaniya Bundesligasida 9-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hozirgina Gamburgdagi “Folkparkshtadion” stadionida “Gamburg” hamda amaldagi champion – “Bavariya” jamoasi o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu qarama-qarshilikda Yupp Xaynkes shogirdlari 52-daqiqada Korenten Tolisso tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi.
Germaniya Bundesligasi. 9-tur
Gamburg – Bavariya 0:1
Gol: 0:1 – 52 Tolisso.
Gamburg – Mateniya, Papadopulos, Mavray, van Drongelen (Ito, 76), Sakai, Xunt (Xoltbi, 62), Yung, Dikmayer, Duglas Santos, Xan (Kostich, 76), Vud.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Alaba, Rafinya, Xummels, Tolisso, Vidal, Xames (Myuller, 46; Alkantara, 55), Robben, Koman, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Xames (45), Sakai (73), Tolisso (75).
Chetlatish: Yung (39).
Fikrlar