Xuan Mata “Arsenal”ga o‘tishi mumkin

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Xuan Mata “Arsenal” a’zosiga aylanishi mumkin, deya xabar beradi Daily Mail nashri. 30 yoshli ispaniyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yil yozida yakuniga etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mata mankunianliklar bilan shartnoma uzaytirmoqchi bo‘lgan, biroq klub hozirgacha unga yangi kelishuv taklif qilmagan. Unga shuningdek, sobiq jamoasi “Valensiya” ham qiziqmoqda.

transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Mataning transfer narxi 30  million evroni tashkil qiladi.

Mata MYu safida 2014 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Bu mavsum u 12 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!