
Xummels "RB Leyptsig"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Germaniya kubogining 2-raundida “RB Leyptsig” jamoasiga qarshi bahsda himoyachi Mats Xummelsning xizmatlaridan foydalanmasligi mumkin. Bu haqda Sport1 nashri xabar tarqatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra Xummels kecha bo‘lib o‘tgan “Gamburg”ga (0:1) qarshi mehmondagi o‘yinda jarohat olgan. O‘yindan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlarda Germaniya terma jamoasi a’zosiga burun bo‘shlig‘ida jarohat aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” “RB Leyptsig”ga qarshi 25 oktyabr kuni safarda bahs olib boradi.
Qayd etish lozimki, bundan avvalroq “Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerni ham 1,5 oyga safdan chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar