Yapon samurayi musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Yaponiyalik tennischi Kei Nishikori "Erste Bank Open" turnirining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Kei ilk bosqichda amerikalik Frensis Tiafoga qarshi kortga chiqdi va uch setda 7:6, 5:7, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Venada o‘tayotgan mazkur turnirda Nishikori rossiyalik Karen Xachanov, yoki avstriyalik Dennis Novak bilan kuch sinashadi.



Fikrlar