
Yaponiya bosh vaziri JCh-2018 finalida kimlarni ko‘rmoqchi?
Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe yaqinda Rossiya maydonlarida start oladigan jahon chempionati oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Tez orada Yaponiya terma jamoasi ham jahon chempionatida ishtirok etish uchun Rossiyaga etib boradi. O‘ylaymanki Yaponiya terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, finalda Rossiyaga qarshi o‘ynaydi. Keling, orzu qilaylik”, - deydi Abe.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasi musobaqaning “H” guruhida Kolumbiya, Polsha va Senegalga qarshi bahs yuritsa, Rossiya terma jamoasi “A” guruhida Saudiya Arabistoni, Misr va Urugvay qarshiliklarini sindirishga harakat qiladi.
Fikrlar