Yaponiya terma jamoasi a’zosi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 13.12.2018 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gollandiyaning “Groningen” klubi vingeri Ritsu Doan faoliyatini rus grandi safida davom ettirishi mumkin.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 20 yoshli Yaponiya terma jamoasi a’zosiga Moskvaning TsSKA klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, “armiyachilar” uni o‘tgan yozgi transferlar chog‘idayoq sotib olishga harakat qilib ko‘rishgan edi. Endi ular buni qishki transferlar davrida uddalashga urunib ko‘rishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Doan joriy mavsum Gollandiya chempionatida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “Groningen” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt saytida uning transfer narxi 2,5 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda TsSKAda yana bir yaponiyalik futbolchi Takua Nishimura ham to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!