Yaya Ture "Vest Xem"ga kerak emas

  • 16.08.2018 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Vest Xem" klubi Yaya Ture bilan shartnoma imzolamasligini e’lon qildi.

“Yaya ajoyib futbolchi hisoblanadi. Lekin, bizda uning pozitsiyasida futbolchilar etarli. Ture har qanday jamoa uchun ajoyib transfer bo‘lishi mumkin, lekin u “Vest Xem”ga kelmaydi. Bizning tarkibimiz to‘lib bo‘lgan”, - deydi “bolg‘achilar” ustozi Manuel Pellegrini.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” bilan shartnomasi tugab, jamoadan ketgan Yaya Ture ayni damda erkin agent hisoblanadi va uni transfer derazasi yopilgandan so‘ng ham istalgan klub o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!