Yoaxim Lyov: Albatta, biroz afsusdaman

  • 20 noyabr, 2018, 06:16
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Gollandiyaga qarshi (2:2) kechgan UEFA Millatlar ligasi 6-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Qayd etish kerakki, nemislar uchrashuvning 85-daqiqasigacha 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

“Albatta, natijadan biroz afsusdaman. O‘yin davomida ijobiy vaziyatlarni ko‘proq ko‘rdim, biroq bizni jazolashdi va buni qabul qilish juda og‘ir. Bunday darajada 2:0 hisobini ushlab qolishni o‘rganishimiz kerak”, – dedi Lyov.

Mazkur durangdan keyin Gollandiya turnir jadvalida Frantsiyani ortda qoldirib, pley-off bosqichiga chiqdi. Pley-off bahslari 2019 yilning 5 va 9 iyun kunlari Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!