
Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida boulerlarimiz ham ishtirok etadi
Poytaxtimizda 5-7 maykunlari joylashgan JOY Bowling Club klubida O‘zbekiston kegelli sport turlari federatsiyasi a’zolari o‘rtasida bouling bo‘yicha joriy yilning 17-27 sentyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari ishtirokt etish uchun saralash bosqichi bahslari o‘tkazildi.
Terma jamoamizning ushbu tarkibidan Toshkent shahrining amaldagi chempioni Fazliddin Mirjalilov, bir necha karra poytaxt chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi Sergey Sapov, ayni paytda Toshkent shahar birinchiligi etakchiligini qayd etib turgan uch karra mamlakat kubogi sohibi Baxtiyor Dalaboev, shuningdek, O‘zbekiston kubogining 2015 yilgi sohibi yosh bouler Mirvohid Soatovlar o‘rin egallashdi.
Reglamentga ko‘ra, o‘tgan uch kun davomida sportchilar oltita geym o‘tkazishdi; yakunda esa uch blok ya’ni 18 ta geymda jamg‘arilgan ochkolar hisoblandi. Qayd etish lozim, har bir musobaqa kunida boulerlar turli yo‘nalishlarda bahs olib borishdi; sportchilar dastlabki kunda qisqa yo‘laklarda o‘zaro bahs olib borishgan bo‘lsa, ikkinchi kuni – o‘rta va uchinchi kuni uzun yo‘laklarda o‘zaro g‘olib sportchi nomiga aniqlik kiritib olishdi.
Ma’lumot o‘rnida, yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz shaxsiy, juft va jamoaviy yo‘nalishlarda bahslarga kirishishlari rejalashtirilgan.
Fikrlar