Yosh kurashchimiz JChda kumush medal oldi
Ayni kunlarda Slovakiyaning Trnava shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning navbatdagi kun bahslari biz uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Yunon-rim kurashi bo‘yicha vazni 67 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bahsida gilamga chiqqan Mahmud Baxshulloev kumush medalni qo‘lga kiritdi. Kurashchimiz final yo‘lida dastlab Eron, keyin Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Misr terma jamoasi vakillarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda armanistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar