Yosh shaxmatchilarimiz tarixda ilk bor Butunjahon shaxmat Olimpiadasida g‘olib chiqishdi

CHERY AUTO

Bugun hamyurtlarimiz so‘nggi, to‘qqizinchi tur doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va 2,5 : 1,5 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Shu tariqa vakillarimiz 9 tur yakuniga ko‘ra faxrli oltin medalga ega chiqdilar. Shaxmatchilarimiz musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni mag‘lubi etishdi. Bitta turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berildi. Shaxmat Olimpiadasida yurtimiz sharafini Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston terma jamoasi avval bunday natija ko‘rsatmagan. Butunjahon shaxmat olimpiadasining mazkur oltin medali o‘zbek shaxmati tarixida dastlabkisidir.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!