Yoshlar ligasi. "Mash’al" yoshlari peshqadam

  • 12 may, 2017, 20:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun «Mash’al» jamoamiz yoshlari Muborakda «Olmaliq» yoshlarini qabul qilishib ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yoshlarimiz bahsning startidanoq o‘yin tizginini o‘z qo‘llariga olishdi. Daslabki bo‘limda har qancha urunsak ham raqib daroziga yo‘l topa olmadik.
Bahsning 56 daqiqasida, Temur Mamatov hisobni ochdi 1:0. Shundan so‘ng ham hujumkorlikni oshirgan yoshlarimiz qarshi hujumlarda o‘ta faol bo‘lishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda, Tezkor hujumlarimizdan biri yana gol bilan tugadi. Markazdan etkazib berilgan to‘pni, Firdavs Asadov egallab olib avvaliga himoyachini keyin esa darvozabonni aldab o‘tib gol urdi 2:0. 

Tecno

Ushbu g‘alabadan keyin yoshlarimiz 20 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib olishdi.


O‘zPFL Yoshlar ligasi 10-tur 
«Mash’al» - «Olmaliq» (2:0) 

Gollar: T. Mamatov (56), F. Asadov (90+1)


"Mash’al": 
Rahimjon Davronov, Temur Mamatov, Siroj Meliev , Maradona Safarov,Sardor Abduraimov , Bekzodjon Tursunov, Shokir Yuldashev, Abduraximov Shaxzod, Shohjahon Qilichev, Mo‘mminjon Meliev, Jonibek Mirzoqulov

Zaxira: Jonibek Mo‘minov, Siyovush Yoqubov, Firdavs Asadov, Oybek Jo‘raev, Iskandar Shodmonov, Abbos Omonov, Zafar Akramov.


"Olmaliq": Akbar To‘raev, Azizbek Suyunov, Shahzodbek Aliqulov, Nabiev Doniyor, Viktor Klishin, Yahyo Ro‘ziev, Muhammad Isaev, Mirjalol Miryusupov, Jasurbek Umarov,  Jumaboev Azamat.

Zaxira: Nizomiddin Ziyovuddinov, Alibobo Rahmatullaev, Doniyor Usmonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!