Yurgen Klopp: "Liverpul"ni 3 yil deganda kuchli jamoaga aylantirdik

  • 13 oktabr, 2018, 18:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoadagi faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Maqsad sari intilishda jamoa o‘ziga ishonishi darkor. Bugungi kunga kelib, "mersisaydliklar" kuchli o‘yin nomoish qilmoqda, "Liverpul"da yangi va tajribali o‘yinchilar bor. Biroq har birimiz shuni tushunishimiz kerakki, jamoa bo‘lib harakatlansak maqsadimizga erishamiz.

Bilasizmi muxlislar van Deyk haqida qanday fikrda? U o‘z ishining ustasi va kuchli futbolchi, ammo hamma vaqt ham yaxshi o‘ynay olmaydi. Alisson ham shunday futbolchilar qatorida, u 500 uchrashuv darvozaning dahlsizligini ushlab qola olmaydi.

Biz jamoani birlashtirdik. Murabbiy futbolchilarga uning talablari yozilgan qog‘oz yoki kitobni berib, kitob bo‘yicha ish yuritishi imkonsiz. Bu borada vaqt va mashg‘ulotlarda katta mehnat darkor, - deya Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "qizillar" rasmiy veb-sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!