
"Yuventus" ashaddiy raqibidan darvozabonini tortib olmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi “Milan” darvozaboni Janluiji Donnarummaga jiddiy qiziqish bildirmoqda va “rossonerilar”ga bu borada ajoyib taklif yuborishga tayyor. Bu haqda Salciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Aniqrog‘i, Turin super klubi 17 yoshli darvozabon uchun “Milan”ga 40 million evro berishga tayyor. Donnarummaning o‘ziga esa yiliga 10 million evro maoshli 4 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
O‘z navbatida “Milan” ham ashaddiy raqibiga iqtidorli futbolchisini bermoqchi emas va fevralda, futbolchi 18 yoshga to‘lganida, ya’ni u uzoq muddatga shartnoma imzolash huquqiga ega bo‘lganida unga manfaatli shartnoma taklif qiladi. Ayni damda Donnarumma yiliga 200 ming evro maosh oladi. Raxbariyat esa bu summani 3,5 million evroga ko‘tarmoqchi.
Avvalroq "Milan" Donnarummaga ajoyib syurpriz tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar