"Yuventus" 20 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek kecha Italiya A Seriyasi 15-turining markaziy bahsida “Napoli” hamda “Yuventus” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Har ikkala jamoa uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan ushbu o‘yin Iguainning kiritgan yagona goli evaziga hal bo‘ldi. Shu tariqa turinliklar 0:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

E’tiborlisi, “Yuventus” so‘nggi 20 yil ichida neapolliklar maydonida gol o‘tkazib yubormadi. Turin super klubi so‘nggi marta 1997 yilning martida “San-Paolo”da o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!