"Yuventus" 66 yillik an’anaga chek qo‘ydi
Xabaringiz bor kecha Turinning “Yuventus” klubi A Seriyaning 10-turida o‘z maydonida SPAL klubini qabul qildi va 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
E’tiborlisi, “keksa sinora” 66 yilda ilk bor chempionatning dastlabki 10ta turida raqiblari darvozasiga 31ta to‘p kiritdi. Aniqrog‘i, “Yuventus” 1951/52 yilda aynan shunday sermahsullik kayd etgan.
Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatgich borasida “Yuventus”dan keyingi o‘rinda 29ta to‘p bilan “Napoli” bormoqda.

Fikrlar