
"Yuventus" Aleks Sandroning o‘rniga kimni olib keladi?
Football Italia nashrining Tuttosport ga tayanib yozishicha braziliyalik futbolchi hamon turinliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Shu bois jamoa uning o‘rniga yangi futbolchilarni ko‘rib chiqmoqda.
"Yuventus"ning ro‘yxatida ikki futbolchi o‘rin olgan. Biri "Real" a’zoasi Marselodir. Uning "Yuventus"ga kelishini Krishtianu Ronaldu istamoqda.
Zaxira sifatida esa "Barselona" himoyachisi Jordi Alba tilga olinmoqda. Albaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda nihoyasiga etadi va u hali uzaytirilmadi.
Fikrlar