
"Yuventus" Bartsali bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
“Yuventus” klubi himoyachisi Andrea Bartsali turinliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kekcha sinora” rahbariyati 36 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Aytish lozimki, Bartsalining “Yuventus” bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Turinliklar esa yangi mavsumda ham tajribali futbolchining xizmatlaridan umidvor va uning jamoadan ketmasligiga ishonishmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “Yuventus” shuningdek Jorjo Kellini hamda Aleks Sandrolar bilan ham shartnomalarni uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar