“Yuventus” Di Mariya xizmatlariga qiziqish bildirmoqda
Turinning “Yuventus” jamoasi PSJ klubining argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Calciomercato.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turinliklar Di Mariya bilan kelasi yozda shartnoma imzolamoqchi. Aynan o‘shanda uning PSJ bilan kelishuvi muddati yakuniga etadi. Argentinalik futbolchi yiliga 10 million evro maosh olishni istamoqda.
O‘z navbatida parijliklar rahbariyati Di Mariya bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamoqda. Uning xizmatlariga bir qator Angliya klublari ham qiziqmoqda.
Di Mariya 2015 yili “MYu”dan 63 million evro evaziga PSJ safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 12 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli pasga mualliflik qildi.



Fikrlar