"Yuventus" Iguainning narhini e’lon qildi

  • 23 iyul, 2018, 14:54
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainni sotishga tayyor. Turinliklar futbolchi uchun 60 mln evro so‘ramoqda, deya xabar beradi Gazeta Esportiva nashri.

manabada yozilishicha, argentinalik hujumchi jamoaning yangi texnik direktori Leonardoga rejalariga kirmagan. Avvalroq u PSJdagi faoliyati davomida futbolchini Parij klubiga olib kelmoqchi bo‘lgan.

"Yuventus" Iguainni 60 mln evroga sotib, "Napoli"dan olib kelish uchun sarflangan mablag‘ni qoplamoqchi.

Bundan tashqari u "Yuventus"ga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelganidan so‘ng keraksiz bo‘lib qolmoqda. Unga "Chelsi" va "Milan" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!