"Yuventus" Remziga yiliga 6,5 mln evro maosh taklif qilmoqda

  • 31.12.2018 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi uchun yiliga 6,5 million evro maosh taklif qilmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki 28 yoshli uelslik futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u ertaga, ya’ni 1 yanvardan boshlab rasman boshqa jamoalar bilan muzokaralar boshlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Remziga "Inter", "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Real" va PSJ klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum “Arsenal” safida 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ronaldo Junior
31/12/2018 18:32
Butun umri jarohatda qolib ketgan futbolchi
&
darwesh
31/12/2018 17:50
Рэмзи чемпионлар лигасида уйнашга хакли. Юрадими европа лигасида уйнаб?